

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Kristal Pelas" o'yinchisi Adam Uorton mersisaydliklar ro'yxatida hali ham muhim o'rinni egallab turibdi. Agar "burgutlar"ning narx talabi "Liverpul"ning kutishiga mos kelsa, muzokaralar olib boriladi
Shuningdek, "qizillar" "Monako" vakili Lamin Kamara va "Lans" futbolchisi Mamadu Sangarega ham qiziqishmoqda.
"Liverpul" "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Balebani yuqori baholamoqda. Potencial transferga uning 92,5 million evro narxi to'sqinlik qilishi mumkin. Mersisaydliklar bu summani oshirib yuborilgan deb hisoblashadi, chunki ular yozda bir necha poziciyani kuchaytirishni xohlashmoqda.



