LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" 3:2 (matnli translyatsiya)

3 may 2026, 20:20
APL 35-tur doirasidagi markaziy uchrashuv matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

“Manchester Yunayted” - “Liverpul” 3:2

Gollar: 6 - Mateus Kunya, 14 - Benyamin Sheshko, 47 - Dominik Soboslai, 56 - Kodi Gakpo, 77 - Kobbi Maynu

“Manchester Yunayted”: 31. Senne Lammens, 5. Xarri Maguayr, 26. Eyden Xeven, 2. Diogu Dalot, 23. Lyuk Shou, 18. Kazemiro, 37. Kobbi Maynu, 8. Brunu Fernandesh, 19. Brayan Mbemo (13. Patrik Dorgu, 76’), 30. Benyamin Sheshko (16. Amad Diallo, 46’), 10. Mateus Kunya.

Zaxira: 1. Altay Bayindir, 12. Tirell Malasia, 3. Nussayr Mazraui, 15. Leni Yoro, 7. Meyson Maunt, 25. Manuel Ugarte, 11. Joshua Zirkzee.

“Liverpul”: 28. Freddi Vudman, 5. Ibraima Konate, 4. Virjil van Deyk, 26. Endryu Robertson (6. Milosh Kerkez, 59’), 30. Jeremi Frimpong (73. Rio Ngumoa, 76’), 17. Kyortis Jons, 8. Dominik Soboslai, 10. Aleksis Mak Allister, 7. Florian Virc, 18. Kodi Gakpo, 38. Rayan Gravenberx.

Zaxira: 41. Armin Pechi, 2. Jozef Gomes, 79. Uill Rayt, 42. Treymoris Noni, 14. Federiko Keza, 68. Kiran Morrison, 75. Mor Tala Ndiae.

Ogohlantirishlar: 49 - Lyuk Shou, 75 - Kyortis Jons

78. Chiroyli gol urdi MYU. So'nggi 10 daqiqalik “yonishi” aniq.

77. GOL! Maynu hisobni oshirdi! Shou to'pni havolatib Amadga uzatdi, u bosh bilan to'pni orqaroqqa yo'lladi va bu yerda to'pga birinchi Kobbi yetib keldi va uning zarbasi golga aylandi!

74. Soboslaining jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”dan o'tmadi.

72. Kazemironing bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Vudman ushlab oldi.

68. Lamensdan seyv! Havolatib jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga “Liverpul” futbolchisi zarba berdi, to'pni Lamens qaytarib yubordi…

64. van Deykning bosh bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

63. Gakpo tepgan to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.

58. Brunudan uzatma, Mbemoning zarbasi esa noaniq bo'ldi.

57. Qoyil “Liverpul”, kambek qila bildi. Buyog'iga MYU nima qiladi? Kerrik?

Juda oddiy vaziyatda Lammens to'pni sherigiga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, Soboslai to'pni Gakpoga uzatdi, uning zarbasi golga aylandi.

gettyimages-2274307146-2048x2048.jpg

56. GOL! Gakpo hisobni tenglashtirdi! MYUdan ikkinchi xato…

55. Vircning uzoqdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

53. Mbemo… Brununing uzatmasidan keyin Mbemo fint qilgandek to'pni darvozaga yo'lladi, ammo to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi… Shedevr gol ko'rar edik!

51. Robertson deyarli bir xil vaziyatdan ikkita uzatma berdi, ikkisi ham muvaffaqiyatsiz chiqdi.

48. Boshlab yuborishdi Slot shogirdlari kambekka hararkatni, buyog'iga o'yin yanada qiziydi.

gettyimages-2274305823-2048x2048.jpg

47. GOL! Soboslai hisobni qisqartirdi! Amadning xatosidan so'ng to'p Dominikka kelib tushdi, u oldinga yurish qilib zarba berdi va gol urdi!

46. Bo'limni MYU faol boshladi va burchak zarbasi ishlab oldi. Havolatib uzatilgan to'pga Maguayr zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Kunyaning darvoza tomon yo'llagan zarbasi himoyachilardan o'tmadi.

37. Oxirgi o'n daqiqada temp biroz pasaydi, aytarli vaziyat ko'rmadik.

28. Vircning zarbasi aniq bo'lmadi.

27. Mbemoning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Brunu zarba berdi, ammo biroz noaniq bo'ldi.

24. Gakponing uzoq masofadan tepgan to'pi birozgina noaniq ketdi…

21. Bilasizmi, Sheshkoning golida assist Brunuga yozilmayapti. Bu esa Fernandesh hali APLning bir mavsumida 20 ta uzatmaganini va Anri hamda KDBning rekordini takrorlamaganini bildiradi. Hozircha.

18. Liverpulliklar kambek qila oladimi? Kuzatamiz.

17. Bo'ldi, hisobga olindi! 2:0!

16. Diqqat, gol VAR orqali ko'rilmoqda. To'p Sheshkoning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.

gettyimages-2274298539-2048x2048.jpg

14. GOL! Sheshko hisobni ikkitaga oshirdi! Quyidagi hujum ikkinchi tempda davom etdi, Kunya to'pni Brunuga uzatdi, uning bosh bilan bergan pasidan so'ng Sheshko gol ura oldi!

14. Sheshko… Mbemo boshlagan hujumni Brunu davom ettirdi, uning uzatmasidan so'ng Sheshko gol urolmadi.

8. Gakponing bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi, qo'shimchasiga bu vaziyatda offsayd ham bo'lgan ekan.

7. MYU hisobni ochib olgach hujumlar uyushtirshi navbati mehmonlarga o'tmoqda.

gettyimages-2273791161-2048x2048.jpg

6. GOL! Kunya hisobni ochdi! Mateusning dastlabki zarbasi himoyachilardan qaytdi, ikkinchi zarbasi rekoshetga uchrab, to'p darvoza to'ridan joy oldi!

5. Manchesterliklar hujumlarni oshirmoqda.

2. Ilk daqiqadan MYU faol, Brununing o'ngdan bergan uzatmasi manziligacha yetib bormadi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 35-tur doirasidagi markaziy uchrashuv - “Manchester Yunayted” - “Liverpul” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!


Manba: championat.asia