"Liverpul" yana bir "Zalcburg" o'yinchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
13 may 2020
"Liverpul" "Zalcburg" o'yinchisi Dominik Soboslaini o'rganmoqda.

Yurgen Klopp futbolchini Avstriya jamoasiga qarshi o'yinda kuzatgan. Soboslai yosh bo'lishiga qaramay Vengriya terma jamoasi safida 8ta o'yin o'tkazgan.

Shuningdek, "Zalcburg" tarkibida ham muhim futbolchilardan sanaladi. "Zalcburg" o'yinchini 20 million evroga baholamoqda. Klub uni sotishga oshiqayotgani yo'q, sababi ular vengerda ulkan kelajakni ko'rishmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bundan oldin Avstriya klubidan Takumi Minaminoni xarid qilgandi.


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com