Liverpul Standard Chartered banki bilan shartnomani uzaytirdi

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2013
"Liverpul" Standard Chartered Bank bilan shartnomani uzaytirgani to'g'risida rasman e'lon qildi.
Tomonlar amaldagi shartnoma muddatini yana ikki yilga uzaytirish borasida kelishib olishdi.

Standard Chartered Bank 2010 yilning iyul oyidan boshlab klub titul homiysiga aylangandi.

So'nggi uch mavsum davomida bank nomi jamoa futbolkasi old tomonida turdi.

Hamkorlik endi kamida 2015/16 mavsumgacha davom etadigan bo'ldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru