"Liverpul" so'nggi 70 yilda foydalanib kelgan mashg'ulot bazasini tark etdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2020
Klub mashg'ulot bazasini o'zgartirishini ma'lum qildi. Jamoa oxirgi 70 yil davomida shaharning shimolidagi "Melvud" bazasida mashg'ulot olib bordi.

Endi klub asosiy tarkibi 50 million funt sterlingga barpo etilgan Kirbidagi yangi AXA markaziga ko'chib o'tadi. 

Yangi kompleks 9200 kvadrat metr bo'lib, zamonaviy jihozlangan. U uchta futbol maydoni, yopiq sport zali, ikkita sport zali, suzish havzasi, gidroterapiya binosi va sport reabilitaciya inshootini o'z ichiga oladi.

"Melvud"ni uy-joy qurish maqsadida buzish rejalashtirilgan. "Liverpul" kuni kecha eski bazadagi so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com