"Liverpul" Saloh o'rniga 140 million evrolik futbolchini nishonga olmoqda

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026
"Qizillar" "Bavariya" vingeri Maykl Olise uchun kurashga qo'shilishga tayyor.

"TEAMTalk" ma'lumotlariga qaraganda, mersisaydliklar "Enfild" afsonasining mavsum oxirida klubni tark etishi haqidagi hayratlanarli xabardan so'ng "Bavariya" yetakchisiga e'tibor qaratmoqda.

2.jpg

"Qizillar" rahbariyati qanchalik qiyin bo'lmasin, "Bavariya"ni o'zining yulduz futbolchisi bilan xayrlashishga ko'ndirishga umid qilmoqda. Futbolchining narxi taxminan 140 million evrona tashkil etishi kutilmoqda.

24 yoshli futbolchi ushbu mavsum 39 o'yinda 16 ta to'p kiritdi hamda 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMTalk