APL. “Liverpul” “Nottingem” bilan o'yin davomida ikki marotaba hisobda ortda qola turib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

29 avg 2026, 18:45
APL 2-tur doirasidagi "Liverpul" - "Nottingem Forest" o'yini bo'lib o'tdi.

24-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Dan Ndoye hisobni ochdi. 31-daqiqada Florian Virtc javob to'pini kiritdi, ammo ofsayd tufayli gol bekor qilindi.

Tanaffusdan so'ng Aleksandr Isak hisobni tenglashtirdi, biroq 10 daqiqadan so'ng Morgan Gibbs-Uayt penaltini amalga oshirdi va "Nottingem"ni yana oldinga olib chiqdi.

Biroq, 82-daqiqada Viktor Munos yana hisobni tenglashtirdi - 2:2.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia