

Mersisaydliklar uni Ibraima Konate o'rniga ko'rmoqda, chunki uning shartnomasi kelgusi yozda tugaydi. Bu haqda Sports Boom xabar bermoqda.
Ma'lumotga ko'ra, 28 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasiga qaytishni xohlamoqda. Bu istak uni yana Angliya terma jamoasiga qaytish maqsadi bilan bog'liq.
Tomori "Milan"da 2021 yil yozidan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushdi va uchta golli uzatma berdi. Uning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.



