"Liverpul" futbolchisi "Tottenxem"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
24 yanv 2026
"Tottenxem" Endryu Robertsonni tarkibiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, London klubi bu borada "Liverpul"ga rasmiy taklif jo'natgan va muzokaralar jadal davom etmoqda.

Agarda Roberston "Tottenxem"ga o'tadigan bo'lsa, "Roma" Konstantinos Cimikasning ijarasini tugatib, Mersisayd klubiga qaytarib yuborishga tayyor turibdi.

Robertsonning o'zi jamoasini almashtirishi istagi borligini bildirgan. Cimikas esa faoliyatini APLda davom ettirishni xohlamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano