"Liverpul" futbolchisi Salohga katta baho berdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2024
"Liverpul" futbolchisi Endryu Robertson jamoadoshi Muhammad Salohga katta baho berdi.

"Salohga qarang, u qanday jismoniy holatda. Yoshi kattalashayotgani sari Muhammadning jismoniy holati va boshqa xarakteristikalari yaxshilanib bormoqda. Uning gollari va assistlari ko'p narsalarni so'zlaydi, doimo raqiblarga katta xavf solib turadi.

U APL afsonasi, shunda ham u to'xtashni istamayapti. Umid qilamanki, mavsum yakuniga qadar u boshqa muhim uchrashuvlarda ham o'zini ko'rsatadi. Saloh - bizning asosiy futbolchimiz, raqiblar uni to'xtatish haqida o'ylashi kerak", - dedi "Liverpul" himoyachisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail