"Liverpul" "Bavariya" shartnoma imzolamoqchi bo'lgan nemisni ilib ketishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2025, 17:00
Qizig'i, bu haqida germaniyalik jurnalist xabar bermoqda.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, "Liverpul" "Bayer" yetakchilaridan biri Florian Virc uchun "poygada" peshqadamlik qilmoqda.

Iqtidorli futbolchi uchun kurashda "qizillar" "Manchester Siti"ni ortda qoldirayotgani takidlanmoqda. Avvalroq, bu bitimga asosiy nomzod deyilgan "Bavariya" hamon holatni kuzatishda davom etmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Кристиан Фальк