"Liverpul" Alisson uchun 65 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 12:34
"Liverpul" "Real" va "Chelsi" qiziqish bildirayotgan "Roma" darvozaboni Alisson uchun kurashdan chiqmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi 25 yoshli futbolchi uchun 60 mln. evro va bonus tariqasida 5 mln. evro taklif qildi.

Rim klubi o'z posboni transferidan 70 mln. evro ishlab olmoqchi. Oldinroq, "Chelsi" "Roma"ga Alisson uchun talab qilinayotgan pulni to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi.

O'tgan mavsum Alisson A Seriyada 37ta uchrashuv o'tkazib, 28ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport