

Har ikki o'yinchi jamoa bilan birga Turkiyaga uchib ketmagan.
Sabab nimada?
Mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot o'yinoldi matbuot anjumanida shogirdlarining holati yuzasidan ma'lumot berdi:
"Fede kecha tunda o'zini yomon his qila boshladi.
Alisson ham mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan edi, biroq yakunga kelib o'zida qandaydir bezovtalik sezdi. Shifokorlar uni ko'rikdan o'tkazishdi va biz birgalikda uning bu safarga bormasligi maqsadga muvofiq deb topdik. Uning yakshanba kungi o'yinda maydonga tushish ehtimoli, albatta, bor. Bu unchalik jiddiy muammo emas, lekin ertangi bahs uchun u hali tayyor bo'lmaydi", - dedi Slot.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" ushbu evrokubok bahsidan so'ng, yakshanba kuni APLning 30-turi doirasida o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi.



