

Ha, RB Leyptsig ikki bor Liverpulning taklifini rad etdi, ammo nemis klubi 80 million evrolik taklifni rad etishi mushkul. Uchinchi bor rad javobini berish va bunday puldan voz kechish ular uchun o'ta qiyin bo'ladi.
RB Leyptsig rozi bo'lishga majbur bo'ladi. Bunga bir tomondan Liverpulning futbolchini qo'lga kiritish uchun qilayotgan harakatlari va Keytaning o'zi ham Angliyaga borish niyatida ekanligi sabab bo'ladi. Kelayotgan hafta hal qiluvchi ahamiyatga ega, – deb yozadi Makadji o'zining tvitter sahifasida.



