"Liverpul" 30 yoshli himoyachi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2016
"Liverpul" "Augsburg" himoyachisi Ragnar Klavanni xarid qilgani haqida e'lon qildi.
30 yoshli estoniyalik futbolchi qizillar bilan ko'p yillik shartnoma imzoladi. Britan OAVning ma'lumotiga ko'ra, transfer 5 mln. evroga amalga oshgan.
Klavan yakunlangan mavsumda "Augsburg" safida Bundesliganing 31 uchrashuvida maydonga tushgan.
"Bu ajoyib klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman. Hozir buni tasvirlash juda qiyin, chunki 22 yildan beri Premer-ligada o'ynashni orzu qilaman. APL - jahonning eng maftunkor ligasi va bu erda doimo ajoyib futbolchilar to'p tepgan" - deydi Klavan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia