Rasman: “Rostov” jamoa sardori bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
1 yanv 2020
“Rostov” islandiyalik himoyachisi Ragnar Sigurdsson bilan shartnomani bekor qildi.

33 yoshli futbolchi klub bilan kelishgan holda jamoani tark etishga qaror qildi. Sigurdsson 2018 yilning yanvarida “Rubin”dan “Rostov” safiga kelib qo'shilgandi. U sariq-ko'klar libosida 53 o'yinda maydonga tushdi. 

Joriy mavsumdan boshlab esa Ragnar jamoa sardori sifatida harakat qilayotgan edi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fc-rostov.ru