Yurgen Klopp "Liverpul" himoyachisi bilan xayrlashmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2018, 15:30
"Liverpul" himoyachisi Ragnar Klavan Yevropaning kuchli ligalarida transfer oynasi yopilgunicha klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyadagi yuqori raqobat tufayli jamoa a'zosi Ragnar Klavan bilan xayrlashishga tayyor. So'nggi bir necha haftada Klavanga "Nyukasl" qiziqish bildirgan edi, ammo APLda transfer oynasi yopilgan.

32 yoshli futbolchi "Augsburg"ga qaytishi mumkin. Klavan 2016 yilda ushbu nemis klubidan "Liverpul"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com