Klavan: "Alisson va Saloh A Seriya haqida yaxshi fikr bildirdi"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018, 14:47
"Kalyari" himoyachisi Ragnar Klavan kim unga faoliyatini A Seriyada davom ettirishni maslahat bergani haqida aytib berdi.

Eslatib o'tamiz, estoniyalik futbolchi "Liverpul"dan A Seriya klubiga o'tdi va "Kalyari" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

"Bir nechta klubdan taklif bor edi, ammo "Kalyari" haqiqatdan ham menga jiddiy qiziqish bildirdi.

Deyan Lovren orqali Dario Srna bilan suhbatlashganimda, u menga Italiya klubiga o'tishni maslahat berdi. "Liverpul"dagi do'stlarim Alisson, Saloh va Lukas Leyva A Seriya haqida yaxshi fikr bildirdi.

Biz birga ko'p narsalarga erisha olamiz. Shahar muxlislar kabi ajoyib. Ilk o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Klavan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia