La Liga. "Real Madrid" "Espanol"ni mag'lub etib, chempionat g'olibligi masalasini keyinroqqa qoldirdi

4 may 2026, 01:55
La Liga 34-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

“Espanol” - “Real Madrid” 0:2

Gollar: 55 - Vinisius Junior, 66 - Vinisius Junior

“Espanol”: 13. Marko Dmitrovich, 23. Omar El-Xilali, 5. Fernando Kalero, 6. Leandro Kabrera, 22. Karlos Romero, 2. Ruben Sanches (20. Antoniu Roka, 61’), 4. Urko Gonsales, 8. Edu Esposito (18. Sharl Pikel, 61’), 14. Ramon Terrac (17. Xofre Karreras, 73’), 24. Tayris Dolan (11. Pere Milya, 73’), 9. Roberto Fernandes (19. Kike, 73’).

Zaxira: 1. Anxel Fortuno, 12. Xose Salinas, 15. Migel Anxel, 38. Klemens Ridel, 28. Ferran Gomes, 33. Aleks Almansa, 32. Luk Kastel.

“Real Madrid”: 13. Andrey Lunin, 12. Trent Aleksander-Arnold, 24. Din Xyoysen, 23. Ferlan Mendi (20. Fransisko Garsiya, 14’), 22. Antonio Ryudiger, 14. Orelen Chuameni (6. Eduardu Kamavinga, 84’), 5. Jud Bellingem, 8. Federiko Valverde, 45. Tyago Pitarch (30. Franko Mastantuono, 53’), 7. Vinisius Junior (38. Sesar Palasios, 84’), 21. Braim Dias (16. Gonsalo Garsiya, 53’).

Zaxira: 26. Fran Gonsales, 43. Serxio Mestre, 4. David Alaba, 17. Raul Asensio, 18. Alvaro Fernandes, 35. Devid Korredor.

Ogohlantirishlar: 22 - Braim Dias, 23 - Vinisius Junior, 27 - Omar El-Xilali, 45+2 - Edu Esposito, 50 - Trent Aleksander-Arnold, 75 - Gonsalo Garsiya, 85 - Urko Gonsales

🕛 90+5. O'yin yakunlandi.

90+3. Bellingem birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Dmitrovichdan ajoyib seyv!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. “Espanol” muxlislarining ayrimlari stadionni tark etishni boshlashdi.

81. Gonsaloning zarbasi noaniq ketdi.

79. Vinisiusning uzatmasidan so'ng Mastantuono darvozaga zarba yo'lladi, Dmitrovichdan yaxshi seyv!

75. Romeroning zarbasi kuchsiz chiqdi, to'p Luninning qo'liga kelib tushdi.

69. Yana Madrid oldinga o'tmoqda. Ammo hujum yakunlanmay qoldi.

67. Ikkita ajoyib kombinaciyadan urib ketdi “Real”, masala halmi buyog'iga?!

gettyimages-2274342685-2048x2048.jpg

⚽️ 66. GOL! Vinisiusdan dubl! Braziliyalik to'pni Judga uzatdi, u ortga qaramasdan uzatdi to'pni tomon bilan, Vini ajoyib zarba bilan gol urdi!

63. Yana “Real” oldinga o'tmoqda, yakuniy zarba beradigan futbolchi topilmayapti.

58. Gonsaloning zarbasi aniq bo'lmadi.

57. Terrac akrobatik uslubda zarba berdi, biroq to'p sherigiga tegib, maydonni tark etdi.

56. “Espanol” endi hujumlar sonini oshirishi aniq, o'yin yanada “qiziydi” buyog'iga.

gettyimages-2274341883-2048x2048.jpg

⚽️ 55. GOL! Vinisius hisobni ochdi! Zo'r kombinaciya! Vini to'pni Gonsaloga uzatdi, u “devorcha” o'ynab to'pni yana qaytardi, Junior ikki raqibini “suvga yubordi” va darvozaga zarba berib, gol urdi!

52. Espositoning zarbasi kuchsiz chiqdi, Lunin to'pni ushlab oldi.

47. Maydon egalari nisbatan faol boshlashdi bo'limni, ammo aytarli vaziyat yuzaga kelmadi, hozircha.

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

🕘 45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Kabreraning bosh bilan bergan zarbasini Lunin qaytardi!

45+3. Dolanning zarbasi rekoshetga uchradi va to'p maydondan chiqib ketdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Trentning uzatmasidan so'ng Braim darvozaga zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.

42. Ie, qiziq holat. Vinisiusni yiqitishdi, bosh hakam braziliyalikka “o'yna” degandek ishora qildi, yon hakam esa jarima zarbasi borligini bildirdi va shu chog'da o'yin to'xtatildi. Qoyil.

40. Franning uzatmasidan so'ng Valverde boshi bilan zarba berdi, to'pni darvozabon ushlab oldi.

35. Trent jarima zarbasidan to'pni havolatib jarima maydonchasi ichiga uzatdi, biroq yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

29. Terracning zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.

gettyimages-2274333384-2048x2048.jpg

28. Bugun ham hech kimni ayab o'tirmayapti, hali ancha-muncha kartochkalar ko'rsak kerak.

🟨 27. Bo'ldi, qizil kartochka bekor qilindi, o'rniga sariq kartochka ko'rsatildi.

📺 26. Holat VARda ko'rilmoqda.

🟥 25. Omar El-Xilali Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatildi!

🟨 23. Ikki daqiqada “Real”ning ikki nafar futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatildi.

22. Temp biroz tushdi o'yinda, dastlabki 15 daqiqalik ancha qiziqarli o'tgan edi.

14. Ryudigerning zarbasi rekoshetga uchrab, to'p maydondan chiqib ketdi.

14. Fran Garsiya Mendi o'rniga o'yinga qo'shildi.

🏥 12. Ferlan Mendi jarohat oldi, katta ehtimol bilan o'yinni davom ettira olmaydi.

8. Vini! O'ziga uzatilgan to'pni ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi, rekoshetga uchradi to'p va darvoza ustuniga tegib qaytdi…

7. Endigi zarba Juddan bo'ldi, bunisi ham raqib futbolchisiga tegib ortga qaytdi.

4. Ruben Sanches uzoq masofadan xavfli zarba berdi, biroq noaniq ketdi.

3. Roberto o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq.

1. Ilk daqiqadayoq “Real” jarima zarbasiga ega bo'ldi: Trent to'pni uzatdi, ortga qaytdi, uni Fede darvozaga yo'lladi, mezbonlar vakili to'pni qaytardi.

🕛 1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liga 34-tur doirasidagi “Espanol” - “Real Madrid” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!


Manba: championat.asia