

“Manchester Siti” - “Kristal Pelas” 3:0
Gollar: 32 - Antuan Semeno, 40 - Omar Marmush, 84 - Savio
“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateush Nunesh (6. Natan Ake, 58’), 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 24. Yoshko Gvardiol (11. Jeremi Doku, 58’), 21. Rayan Ait-Nuri, 42. Antuan Semeno, 20. Bernardu Silva (8. Mateo Kovachich, 79’), 26. Savio, 47. Fil Foden (5. Jon Stounz, 82’), 7. Omar Marmush (10. Rayan Sherki, 79’).
Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 3. Ruben Diash, 4. Teyani Reynders, 9. Erling Xoland.
“Kristal Pelas”: 1. Din Xenderson, 26. Kris Richards, 5. Maksans Lakrua, 23. Jeydi Kanvo, 11. Brennan Jonson (18. Daiti Kamada, 75’), 2. Daniel Munos (17. Nataniel Klayn, 82’), 8. Xefferson Lerma, 19. Uill Xyuz (20. Adam Uorton, 60’), 3. Tayrik Mitchell, 10. Yeremi Pino (7. Ismaila Sarr, 60’), 14. Jan-Filipp Mateta (22. Yyorgen Strann Larsen, 60’).
Zaxira: 44. Valter Benites, 34. Shadi Riad, 59. Rio Kardines, 55. Jastin Devenni.
Ogohlantirishlar: 52 - Tayrik Mitchell, 81 - Daiti Kamada
🕛 90+6. O'yin yakunlandi.
90+2. Savinoning tomirlari tortishib qoldi. Biroq u o'yinni davom ettirmoqda. Nima bo'lganda ham, salomatlik tilaymiz!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Sarr yaxshi vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, biroq kuchsiz bo'ldi.
86. Yana Sherkidan zo'r uzatma bo'ldi, Savioning bu safargi zarbasi o'xshamadi…
85. O'yin masalasi hal bo'ldi, buyog'iga jamoalar o'yinni yakunlab qo'ysa bo'ldi.

⚽️ 84. GOL! Savino hisobni yiriklashtirdi! Sherki ajoyib yurish qilib to'pni sherigiga uzatdi, braziliyalik vinger esa gol urdi!
83. Larsen juda yaxshi vaziyatga chiqib borib to'pni darvozaga yo'lladi, ammo noaniq ketdi.
🟨 81. Kamada “Siti” jarima maydonchasi ichida yaxshi vaziyatga chiqib borib yiqildi, biroq bu vaziyatda yaponiyalik futbolchi simulaciya ko'rsatgani ma'lum bo'ldi. Unga sariq kartochka ko'rsatildi.
77. Semeno o'ng qanotdan oldinga yurish qildi, to'pni markazga - Dokuga uzatgandi, ammo o'ta kuchsiz chiqdi uzatma.
73. Temp deyarli yo'q, deyish mumkin. Mehmonlar vaziyatlar yaratishga imkon izlamoqda.
67. Husanov endi o'ng qanotda o'ynamoqda.
63. Sarr Bernarduning xatosidan foydalanib oldinga yurish qildi, zarba berdi, biroq kuchsiz chiqdi va to'pni Donnarumma ushlab oldi.
🔄 60. O'zgarishlar navbati mehmonlardan: biryo'la uchta futbolchi almashdi.
59. “Man Siti” yaxshi kombinaciya uyushtirdi, yakuniy zarbani Marmush berdi, biroq noaniq bo'ldi.
🔄 58. “Shaharlik”lar biryo'la ikkita o'zgarish amalga oshirdi.
56. Tan olish lozim, bo'limlar hujumlarga bosh boshlanmoqda. Gvardiola shogirdlari hujumga intilmoqda.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43. Foden bugun zo'r o'ynayapti: navbatdagi uzatmasini Gvardiol bosh bilan darvozaga yo'lladi, darvozabondan seyv!
41. Asosiy tarkibning aksariyat qismi maydonga tushmagan bo'lsa-da “Siti” birinchi bo'limdayoq masalani hal qilmoqchi.

⚽️ 40. GOL! Marmush hisobni ikkitaga oshirdi! Foden o'ziga uzatilgan to'pni ajoyib tarzda sherigiga uzatdi, Omarning zarbasi aniq bo'ldi!
37. Yaxshi hujum bo'lgandi “Siti”dan, Savio oldinga yurish qilib to'pni Marmushga uzatdi, biroq Omar yakuniy zarbani berolmadi.
33. Darhol javob hujum bo'ldi “Kristal Pelas”dan! Matetaning zarbasini Donnarumma qaytardi!

⚽️ 32. GOL! Semeno hisobni ochdi! Bernardu hujumni boshladi, Foden super pas bilan Antuanni to'p bilan taminladi, uning zarbasi esa golga aylandi!
25. Bo'limning yarmidan ko'pi ortda qoldi, biroq aytish kerakki, hozircha golga tortadigan xavfli vaziyat ko'rmadik.
20. Ayt-Nuri chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.
17. Abduqodir Husanovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
13. Burchakdan uzatilgan to'pni Richards bosh bilan darvozaga yo'lladi, ammo aniq bo'lmadi.
12. Yana mehmonlardan hujum: chap qanotdan boshlangan hujum natijasida to'p markazga ko'chdi, yakuniy zarbani Pino berdi, to'p rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.
6. Endi “shaharliklar” to'p nazoratini qo'lga olib, hujumga intilmoqda.
2. Mehmonlardan ilk daqiqalardanoq xavfli hujum! Chapdan uzatilgan to'pni Mateta darvozaga yo'lladi, Jijji to'pni qaytarib yubordi. Aftidan, to'p darvozaga kirgandi, ammo bu vaziyatda offsayd bo'lgan ekan.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 31-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahs - “Manchester Siti” - “Kristal Pelas” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



