

“Everton” - “Manchester Siti” 3:3
Gollar: 43 - Jeremi Doku, 70 - Terno Barri, 73 - Jeyk O'Brayen, 81 - Terno Barri, 83 - Erling Holand, 90+7 - Jeremi Doku
“Everton”: 1. Jordan Pikford, 15. Jeyk O'Brayen, 6. Jeyms Tarkovski, 5. Maykl Kin, 16. Vitaliy Mikolenko, 37. Jeyms Garner, 22. Kirnan Dyusberi-Xoll (24. Karlos Alkaras, 90+2’), 42. Tim Ayrogbunam (45. Xarrison Armstrong, 90+6’), 34. Merlin Ryol (2. Neytan Patterson, 90+2’), 10. Iliman Ndiaye, 9. Betu (11. Terno Barri, 64’).
Zaxira: 12. Mark Travers, 23. Sheymus Koulman, 19. Tayrik Jorj, 7. Duayt Maknil, 20. Tayler Dibling.
“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunesh, 33. Niko O'Rayli, 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 11. Jeremi Doku, 42. Antuan Semeno (47. Fil Foden, 74’), 20. Bernardu Silva (7. Omar Marmush, 87’), 14. Niko Gonsales (8. Mateo Kovachich, 75’), 10. Rayan Sherki, 9. Erling Holand.
Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 5. Jon Stounz, 6. Natan Ake, 21. Rayan Ait-Nuri, 4. Teyani Reynders, 26. Savio.
Ogohlantirishlar: 45 - Maykl Kin, 48 - Betu, 53 - Jeyms Tarkovski, 74 - Janluiji Donnarumma, 86 - Jeyk O'Brayen
90+8. O'yin yakunlandi!

⚽️ 90+7. GOL! Doku!!! 3:3! So'nggi vaziyatda burchakdan uzatilgan to'p Jeremiga keldi, uning zarbasi golga aylandi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
87. Fodenning ajoyib zarbasi xavfli, biroq noaniq bo'ldi.
86. So'nggi daqiqalarda tempni oshirmoqda jamoalar. Gvardiola shogirdlari qamal qilib olyapti “Everton” jarima maydonchasini.
84. Kovachichning zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.

⚽️ 83. GOL! Holand hisobni qisqartirdi! Kovachichning super uzatmasini Erling golga aylantirdi!
82. Buyog'iga “shaharliklar”ga qiyin bo'ladi. Gvardiolaga sabr.

⚽️ 81. GOL! Barri hisobni yana oshirdi! Yana xato “shaharlik”lardan va Barridan gol!
79. Sherki jarima zarbasidan to'pni darvozaga tepdi, biroq noaniq.
76. Yana hujum maydon egalaridan: bu safar darvoza tomon berilgan zarbadan so'ng to'pni Donnarumma ushlab oldi.
74. Dahshat, Gvardiola shogirdlari nima qiladi buyog'iga? Kuzatamiz.

⚽️ 73. GOL! Jeyk O'Brayen hiobni oshirdi! Burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba berib, gol urdi!
72. Ndiaye bittadan futbolchi olib o'tib zarba berishga tayyorlayotgandi to'pni Gexi chiqarib yubordi.
71. Mehmonlar endi hujumlarni sonini oshirmoqda.

⚽️ 68. GOL! Terno Barri hisobni tenglashtirdi! Gehining to'pni uzatishdagi xatosi klubga gol olib keldi.
60. Maydon egalari faol anchagina. Muxlislar yaxshi qo'llamoqda.
56. Yana bu bo'limda ham “shaharlik” anchagina faol.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Dokuga nisbatan fol ishlatildi, holat VARda ko'rilmoqda, ehtimoliy qizil kartochka bilan.
44. Barchasi shunga qarab kelayotgandi, “Man Siti” haqiqatanam yaxshi o'ynmoqda.

⚽️ 43. GOL! Doku hisobni ochdi! Jeremi hujumnii o'zi boshladi, birichi tempdagisi o'xshamadi, keyin esa Sherkining uzatmasidan so'ng Doku ajoyib gol urdi!
39. Sherkining darvoza tomon yo'llagan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.

33. Ie, ana) Husanov va Tarkovski biroz tortishib qolishdi. Qiziq ko'rindi)
28. Abduqodir Husanovning chamasi 37 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
25. Husanov!!! “Everton” qarshi hujumga qochib ketdi, yakuniy zarbani Dyusberi-Xoll berdi, Abduqodir oyoqlari bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
21. Navbatdagi zarba Semenodan! Havolatib uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi Antuan, biroq noaniq ketdi.
19. Nuneshning zarbasini raqib futbolchilari to'xtatishdi.
18. Sherkining zarbasi aniq bo'lmadi! Ikkinchmi temmpda uzatmalar davom ettid, Semenoning zarbasi noaniq bo'ldi.
17. Dokuning chapdan uzatmasidan Niko to'pni darvozaga yo'lladi, himoyasilardan o'tmadi to'p.
16. O'Rayli jarima maydonchasi ichidan to'pni Holandga uzatdi, biroq norvegiyalik maqsadiga eta olmadi.
13. “Shaharliklar” raqib jarima maydonchasi ichini qamal qilib olishdi oxirgi 5 daqiqalikda, biroq hech bir hujumdan naf yo'q.
7. Sherkidan ilk zarba, biroq noaniq.
6. Mezbonlar muxlislari shu qadar qo'llab-quvvatlashmoqdaki, jamoasi yaxshi o'ynasi yoki raqib xato qilsa jo'r bo'lib qo'llashmoqda, ovoz dahshat.
3. O'yin qiziqarli boshlandi, ikki jamoa vakillari ham to'pni tez yo'qotmoqda.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 35-turidan o'rin olgan “Everton” - “Manchester Siti” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!



