Livan - Shimoliy Koreya. 99 daqiqa davom etgan o'yin biz uchun ijobiy natija bilan yakunlandi

Aziz Tukhtamuradov
20 noya 2019
Bugun Osiyo qitasida JCH-2022 saralashi doirasida bahslar davom etmoqda.

Ulardan biri H guruhida Livan hamda Shimoliy Koreya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. O'z guruhida ikkinchi o'rinni olish uchun asosiy davogar hisoblangan jamoalar ishtirokidagi o'yinda hisob ochilmadi va 0:0 hisobida yakunlandi. Qayd etish lozimki, hakam ikkinchi bo'lim uchun 9 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

H guruhida hozircha 5-turdan so'ng Turkmaniston terma jamoasi peshqadam bo'lib turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia