Lindelyof Shvetsiya terma jamoasi sardoriga aylandi

Alisher
11 avg 2021
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof Shvetsiya terma jamoasi sardoriga aylandi.

27 yoshli futbolchi sardorlik bog'ichini himoyachi Andreas Grankvistdan oldi. Grankvist iyulda faoliyatini yakunladi.

Evro-2020da 36 yoshli Sebastyan Larsson sardorlik qildi. Ammo, u ham, tajribali Mikael Lustig va Markus Berg ham terma jamoadagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Lindelyof Shvetsiya terma jamoasi tarkibida 2016 yilda debyut qilgan. U hozirgacha termada 45ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/manchesterunited