"Lids" vingeri bilan shartnomani 5 yilga uzaytirdi

Omonjon To`xtamirzayev
7 apr 2023, 11:59
"Lids" jamoa yarim himoyachisi Jek Xarrison bilan shartnomani uzaytirdi.

26 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.

Xarrison klub sharafini 2018 yildan buyon himoya qiladi. O'shanda u "Manchester Siti"dan ijaraga o'tgandi. 2021 yil yozida esa "Lids" futbolchi transfer huquqini to'liq sotib olgandi.

Bu mavsum angliyalik futbolchi 31 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma etkazib berdi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Лидс клуби расмий сайти