

"Bu erga kelganimdan beri faqatgina bir marta ketma-ket ikki kun davomida to'liq tarkibga mashg'ulot o'tkazdim.
Hattoki sehrgar ham buncha vaqt ichida jamoani men istagandek qilib bera olmaydi.
Yanvar oyida keladigan istalgan murabbiy 10 hafta ichida 20 o'yin o'tkazadi. Shu davr mobaynida Siz jamoa bilan tanishishingiz va holatga baho berishingiz kerak. Bu istalgan odam uchun qiyinchilik tug'diradi. Men esa vaqtdan to'g'ri foydalanishga harakat qilyapman.
Jamoani qanday ko'rishni istayotganimni bilaman. Bu vaqt talab qilishi mumkin, ammo bu qisqa muddatli maqsadlarga erishish hisobiga bo'lmaydi", - dedi Rosenor.



