"Leyptsig" Nkunku bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi

Alisher
23 iyun 2022
"Leyptsig" hujumchi Kristofer Nkunku bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Nemis klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 24 yoshli francuz bilan yangi kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Nkunku o'tgan mavsum "Leyptsig" libosida barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 35ta gol va 19ta assist qayd etdi.

Transfermarkt hujumchini 80 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: rbleipzig.com