“Lex” muxlislari sabab 8ta o'yinni bo'sh tribunada o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2018
Polsha futbol federatsiyasi “Lex” jamoasiga jiddiy chora ko'rdi.

Ushbu klub yangi mavsumning sakkizta uy uchrashuvini muxlislarsiz, bo'm-bo'sh stadionda o'tkazishga mahkum qilindi. Federatsiya tartib-intizom qo'mitasi bunday qarorga mamlakat chempionatining 30-turi doirasidagi “Lex” -“Legiya” (0:3) uchrashuvidan so'ng kelgan.

Poznan shahri klubi muxlislari hisob 0:2 bo'lib turgan bir paytda maydonga fayerlarni uloqtirishgan. Uchrashuv bosh hakami esa 77-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda o'yinni to'xtatishga majbur bo'lgan.

200 nafarga yaqin policiyachilar maydonga yugurib chiqqan muxlislarni joyiga qaytarishga uringan. Federatsiya “Legiya”ning 3:0 hisobidagi g'alabasini taminlagan va jamoani Polsha chempioni deb e'lon qilgan. “Lex” Polsha chempionatida 5ta, Yevropa Ligasi guruh bosqichida esa 3ta uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: