OKMK Polsha grandiga qarshi: O'ktamovning goli kamlik qildi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2026
Mirjalol Qosimov shogirdlari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida navbatdagi jiddiy sinovdan o'tishdi.

Yevropa maydonlarida doimiy ishtirokchi hisoblangan "Lex" jamoasiga qarshi bahs olmaliqliklar uchun katta tajriba bo'ldi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida "Lex" futbolchilari faollik ko'rsatishdi. Jumladan, 8-daqiqadayoq Praysnar hisobni ochgan bo'lsa, bo'lim yakunida Ismael hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda Mirjalol Qosimov tarkibni deyarli to'liq yangiladi. O'yin yakunlanishi arafasida Akbar O'ktamov (85-daqiqa) bitta javob to'pini kiritib, farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.


Nazorat uchrashuvi

OKMK (O'zbekiston) - "Lex" (Polsha) 1:2

Gollar: Akbar O'ktamov (85) - Praysnar (8), Ismael (42).

OKMK (1-bo'lim): Javohir Ilyosov, Eldor Begimov, Shahzod Toirov, Abror Karimov, Saidafzalxon Ahrorov, Rian Islomov, Giorgi Papava, Arihiro Sentoku, Asad Sobirjonov, Naoaki Senaga, David Sxirtladze (ko'rikda).

OKMK (2-bo'lim): Hamidullo Abdunabiev, Saidakbar Sharipov, Abubakr Rizo Turdialiev, Asror Otaxonov, Ahmadullo Muqimjonov, Sherzod Komilov, Mirjamol Qosimov, Hazrat Tursunqulov, Akbar O'ktamov, Komil Tojiddinov, Ali Abdurahmonov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати