Robert Levandovski futboldagi so'nggi yillarida nimalarga erishishni istayotganini aytdi

Mirjalol Normatov
27 dek 2025
"Barselona" va Polsha termalari hujumchisi Robert Levandovski futboldagi so'nggi yillarini o'tkazayotganini aytdi.

U 2026 yilda nimalarga erishishni istayotganini ma'lum qildi.

"Polsha termasi bilan jahon chempionatiga chiqishimizga umid qilaman. Barchasini yutishni istayman: jahon chempionatida o'ynash imkoniyati, Ispaniya chempionligi, YCHL bosh sovrini. Bilib turibman, futboldagi so'nggi yillarimni o'tkazyapman", - dedi Levandovski.

Polsha termasi JCH-2026 pley-off bosqichida Albaniya termasiga qarshi o'yin o'tkazadi. Agarda g'alaba qozonsa, Ukraina yoki Shvetsiyaga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Rymanowski Live