Levandovski Xaviga: "Siz bilan birga ishlagim kelyapti"

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski hamda "Barselona" bosh murabbiyi Xavi ayni damda Ibicada xordiq chiqarmoqda.

"As" xabariga ko'ra, ular bir necha daqiqa mobaynida do'stona suhbatlashishgan. Bu norasmiy muloqot bo'lgani uchun Levandovski va Xavi oila, dam olish haqida gaplashgan.

Xayrlashayotgan paytda Levandovski Xaviga qarab: "Siz bilan birga ishlagim kelyapti", dedi.

Oldinroq Xavining o'zi ham transfer ishlarining tezroq hal qilinishini, futbolchini 16 iyul kuni boshlanadigan AQSHdagi turnegacha tarkibda bo'lishini istayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Yakunlangan mavsumda polyak "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 50 o'yinda qatnashib, 46 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As