Levandovski Neymarni ortda qoldirdi va PSJ ustoziga yetib oldi

Khoja
10 noya 2025
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 12-turida "Selta"ga qarshi o'yinda (4:2) xet-trik qayd etdi va buning evaziga klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 13-o'ringa ko'tarilib oldi.

U ushbu o'rinni Kataloniya safida 108 ta gol urgan PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bilan birga bo'lishib turibdi. 

Polshalik futbolchi Kataloniya klubidagi to'purarlar ro'yxatida Neymar, Euloxio Martines, Evaristo (barchasida 105 tadan) va Xose Antonio Salduani (106) ortda qoldirdi.

Umuman olganda, "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to'purar Lionel Messi hisob hisobalanadi. Argentinalik futbolchining hisobida 672 ta gol bor.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru