Levandovski: "Borussiya"ni ikkinchi Bundesligada tasavvur qila olmayman"

Aslanov Jasurbek
7 fev 2015
Hozirda "Bavariya"da to'p tepayotgan, Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq hujumchisi Robert Levandovski dortmundliklarning milliy chempionatdagi omadsiz ishtirokijan xafa ekanligini ta'kidladi.

Yurgen Klopp shogirdlari Germaniya chempionatining 19-turidan so'ng 16 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi o'rnini egallab turibdi.

"Yaqin uch hafta ular uchun katta ahamiyatga ega. "Borussiya" bilan bu narsa ro'y berayotganidan xafaman. "Borussiya"ni ikkinchi Bundesligada tasavvur qila olmayman. Bu bo'lishi mumkin emas" - deydi Levandovski.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com