Levandovski "Bavariya"ni "Borussiya"dan ustun qo'ydi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2024
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski bu mavsum YCHLda qaysi nemis klubi g'olib bo'lishini xohlashini aytdi.

"Men "Bavariya"da 8 yil o'ynadim. Shu bois bu klub "Borussiya"dan ko'ra yuragimdan ko'proq joy egallagan. "Bavariya" chempion bo'lishini istayman," - dedi futbolchi.

Yarim finalda Myunxen klubi "Real" bilan, "Borussiya" esa PSJ bilan o'ynaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/iMiaSanMia