"Lester Siti" tarkibni kuchaytirish uchun mablag' sarflashga tayyor
Aslanov Jasurbek
23 avg 2016, 17:43
"Lester Siti" boshqaruv qo'mitasi o'rinbosari Ayyavatt Shrivaddxanaprabxaning takidlashicha, klub rahbariyati jamoaning yangi muvaffaqiyatlari uchun mablag' sarflashga tayyor.
Mavsumlar oralig'ida N'Golo Kante "tulkilar" safini tark etdi. "Lester Siti" yozgi transfer oynasida Axmed Musa, Nampali Mendi, Bartosh Kapustka, Luis Ernandes va Ron-Robert Cilerni xarid qildi.