

68-yoshli ispaniyalik, ushbu lavozimda 25 yildan beri ishlab kelgan.
“Jamoa muxlislari klubda o'zgarish bo'lishini istashayapti, shu sababli lavozimimdan ketmoqchiman”, - deydi Lendoyro.
Eslatib o'tamiz, Lendoyro boshchiligida “Deportivo” bir marotaba Ispaniya chempionatini, ikki marotaba mamlakat kubogini va uch marotaba superkubokni qo'lga kiritgan. Bundan tashqari Chempionlar ligasi yarim finaligacha yetib borgan.



