

"Barchasi qanday bo'lsa, shundayligicha qoladi. Endi biz barchasini bilamiz. Klub biz uchun ishladi va vaziyatdan ijobiy taraflama chiqib ketishimizni istadi. Biz kelajakka yaxshi niyat bilan qaray olishimiz mumkin va bu futbol nuqtayi nazaridan juda yaxshi bo'ldi.
Ushbu qaror qabul qilishinidan oldin biz bu borada ko'p ham gaplashmadik. Hozir bu biz o'ylaydigan mavzulardan emas.
Hozirda qishki transferlar oynasi borasida ko'p ham o'ylamayman. Agarda barcha imkoniyatlarimizni to'g'ri chamalasak, ko'p narsani o'zgartira olishimiz mumkin", - dedi Lempard.



