LegionerUz. Sanjar Tursunov Yulduzlar Ligasidagi ikkinchi golini urdi. Jamoasida esa irodali g'alaba (video)

11 fev 2018, 09:17
Qatar Yulduzlar Ligasining 16-turi Sanjar Tursunov harakat qilayotgan “Al-Haraytiyat” klubi uchun omadli keldi.

6 ochkolik deya tarif berilgan o'yinda “Al-Marhiya” bilan bellashgan jamoa irodali g'alabani qo'lga kiritdi. 

Ligada so'nggi o'rinni egallab turgan klub ikki daqiqa ichida ikki gol urib, mezbonlar ishini ancha og'irlashtirib qo'ygandi. Sanjar Tursunovning bo'lim oxirlarida urgan goli esa “Al-Haraytiyat” futbolchilariga ishonchni qaytarib berdi. Ular ikkinchi bo'limda yana 2 ta gol urib, g'alabani ilib ketdi.


Temurxo'ja Abduxoliqov harakat qilayotgan “As-Sayliya” esa o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Ligada qolish uchun kurashayotgan jamoaga qarshi o'yinda kutilmaganda imkoniyat boy berildi. Abduxoliqov maydonda 79 daqiqa harakat qildi va o'z o'rnini boshqa futbolchiga bo'shatib berdi. Yakunda “Qatar SK” yana 1 ta gol urib, ishonchli g'alabaga erishdi.

Turnir jadvalidagi ko'rinish hozircha o'zbekistonlik futbolchilarni qanoatlantiradi. Zero “As-Sayliya” rahbariyati kuchli to'rtlik vazifasini qo'ygan bo'lsa, Sanjar Tursunov klubi ligada jon saqlab qolsa bo'lgani. 16 fevral kuni “As-Sayliya” safarda kuchli uchlikda borayotgan “Ar-Rayyan” bilan bellashadi. Sanjar Tursunov jamoasi esa “Paxtakor”ni xalqaro maydondan chetda qoldirgan “Al-Garafa” mehmoni bo'ladi.

Championat.asia statistikasi


Manba: championat.asia