Lautaro Messi unga penaltini bergani haqida: "Messi maydonda va uning tashqarisida buyuk inson"

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2024
Lautaro Martines Argentina terma jamoasi o'yinida Lionel Messi unga penaltini bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Argentina terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Gvatemalani 4:1 hisobida taslim qildi.

39 daqiqada Messi penalti tepish huquqini Martinesga topshirdi. "Inter" forvardi avtogoldan so'ng 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

"U to'pni menga topshirdi. Unga raxmat aytdim, hozir esa omma oldida minnatdorchilik bildiryapman.

Leo maydonda va uning tashqarisida buyuk inson" - dedi Lautaro Martines.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports