Lautaro Martines "Arsenal"ga o'tmaydi, uning maqsadi faqatgina La Liga klublari

Alisher
29 iyul 2021, 14:35
"Inter" forvardi Lautaro Martinesning kelajagi so'roq ostida.

Oldinroq, argentinalik o'yinchining Angliyaga yo'l olishga yaqinligi xabar berilgan edi, ammo Italiyada bu xabarni rad etishdi.

Agar o'yinchi A Seriyadan ketsa, faqatgina Ispaniya chempionatining grandlariga o'tadi: "Barselona", "Real" yoki "Atletiko".

Lautaro Martines "Inter"da umumiy 132ta o'yinda maydonga tushib, 49ta gol va 20ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset