Laport "Real"ning qiziqishiga qaramay "Al Nasr"dan kyetmaydi. Uni jiddiy jarohat olgan Alabaga o'rinbosar sifatida ko'rishayotgandi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2023
Emerik Laport "Real"ning qiziqishiga qaramay Al Nasr"dan kyetmaydi.

"Real" "Manchester Siti" sobiq himoyachisini jarohatlangan David Alabaga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqqandi. Ammo, Laport "Al Nasr"dan ketishni rejalashtirmayapti. U klubda baxtli va uning Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi Ispaniya terma jamoasidagi holatiga ta’sir o'tkazmadi.

Shuningdek, "Real"ning mavsum so'nggiga qadar ijara ro'y bergan taqdirda ham Laportaning maoshini to'lashni xohlamayotgani xabar qilindi. Himoyachining "Al Nasr"dagi yillik maoshi 25 mln evro atrofida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca