Lamin Yamal yangi mavsum 10-raqamda o'ynashiga ishora qildi(mi?)

Administrator
16 iyul 2025
Futbolchi o'z instagramiga surat joyladi va bir necha daqiqalardan so'ng uni o'chirib yubordi.

"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal instagram sahifasiga surat joyladi va uni bir necha daqiqadan so'ng o'chirib tashladi. Ushbu surat juda xira bo'lib, unda Yamalning 10-raqamli libosni kiyib olganini payqash mumkin. Turli manbalar futbolchi bu harakati bilan yangi mavsum 10-raqamni olishiga ishora qildi deb hisoblamoqda.

Ma'lumot uchun, "Barselona"dagi 10-raqam Lionel Messi bilan yodda qolgan. Leo jamoani tark etganidan so'ng ushbu raqam yosh va umidli Ansu Fatiga berilgandi. Biroq, Fatining "Barselona"da omadi kelmadi, u shu yozda "Monako"ga ijaraga berildi.


AdministratorMuallif
Manba: instagram.com