

"Men bu turnir boshqa hech qachon o'tkazilmasligi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", – dedi Tebas.
Joriy yilda klublar jahon chempionati yangi formatda – yozda va 32 jamoa ishtirokida ilk bor o'tkazilmoqda.
Ispaniyadan turnirga "Atletiko" (guruh bosqichida chiqib ketdi) va "Real" (1/4 finalga chiqdi) qatnashdi.
Bundan avval Ispaniya ligasi rahbari KJCHda ishtirok etayotgan jamoalarning chempionat o'yinlarini ko'chirish istagidan norozi edi. Shuningdek, u katta mukofot pullarini (yarim finalga chiqish uchun 100 million evro) "raqobatni buzish" deb atagan.



