La Liga klublari "Borussiya" hujumchisiga qiziqmoqda

Alisher
28 yanv 2020
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Pako Alkaser tez orada Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisining xaridiga "Valensiya" va "Vilyarreal" klublari qiziqish bildirmoqda.

O'yinchi sobiq jamoasiga qaytishga qarshi emas, ammo "Valensiya" "Borussiya" bilan kelishuvga erishmagan.

Bu transfer ko'proq Rodrigo Morenoning "Barselona"ga o'tishiga bog'liq.

Eslatib o'tamiz, Alkaser "Valensiya"da 2013-2016 yillar davomida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: AS