La Liga. Adurisning goli “Atletik”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

20 noya 2017, 03:19
Ispaniya chempionatining 12-turida “Atletik” (Bilbao) o'z maydonida “Vilyarreal” bilan murosaga keldi.

“San Mames” stadionida kechgan bahsda dastlab mehmonlar futbolchisi Manuel Trigeros hisobni ochgan bo'lsada (goldan biroz oldin u penaltidan foydalana olmagandi), o'yin tugashiga 13 daqiqa qolganida Aduris jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi -1:1.

Ushbu natijadan keyin “Vilyarreal” 21 ochko bilan oltinchi pog'onada borayotgan bo'lsa, “Atletik” 12 ochko to'plab 15-o'rinni egallab turibdi.


La Liga, 12-tur.

Atletik – Vilyarreal 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 28 Trigeros, 1:1 – 77 Aduris.

Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Balensiaga, Inigo Lekue, Laport, Raul Garsiya (Akeche, 71), San Xose (Mikel Riko, 55), Kordoba (Susaeta, 55), Iturraspe, Inyaki Uilyams, Aduris.

Vilyarreal –  Barbosa, Bonera, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Soriano (Cheryshev, 75), Rodri Ernandes, Fornals, Trigeros, Bakambu (Raba, 86), Bakka (Sansone, 70).

Ogohlantirish: Bonera (5), Iturraspe (19), Kosta (34), Ruis (63).


Manba: championat.asia