KXDR, Filippin va Yaman Osiyo kubogi-2019ga chiqdi, Tojikiston esa yo'q

Narzulla Saydullayev
27 mar 2018
Bugun Osiyo qitasida 2019 yilgi qita chempionatiga saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.

Bugungi o'yinlar natijasiga ko'ra KXDR, Filippin va Yaman terma jamoalari Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Afsuski qo'shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi 2019 yilgi qita chempionatiga chiqa olmadi.


KXDR - Gongkong 2:0
Gollar:
Jong Il Gvan 19, Pak Kvang Ryong 25

Filippin - Tojikiston 2:1
Gollar: 
Kevin Ingreso 74, Fil Yangxasbend 90 - Aktam Nazarov 64


Hozirga qadar Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan barcha 24ta jamoaninng nomi ma'lum bo'ldi: BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Hindiston, Livan, Iordaniya, Vetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston, Qirg'iziston, KXDR, Filippin, Yaman.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia