Kurtua faoliyatini yakunlagandan so'ng poygalarda qatnashish istagini bildirdi

Administrator
31 iyul 2025, 00:16
Futboldan ketganidan so'ng darvozabon poyga bilan shug'ullanmoqchi.

"Real Madrid" jamoasi belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua professional faoliyatini tugatgach, poygalarda ishtirok etishni xohlashini tan oldi.

"Futbolni tark etganimdan keyin, GT3 poygasida qatnashish orzumning ro'yobga chiqishi bo'lardi. Agar shunday imkoniyat tug'ilsa, o'zim bemalol sig'adigan mashinani boshqarishni istardim. Men Formula-1 bolidiga sig'mayman. Boshim chiqib qoladi, shuning uchun bu juda xavfli bo'lardi," - deydi Tibo Kurtua.

Eslatib o'tamiz, Kurtua Belgiya Gran-prisiga taklif qilingan va sprint poygasidan so'ng finishda katak bayroqni silkitgan edi. Bundan tashqari, Kurtua poyga yakunlari bo'yicha kuchli uchlikka mukofotlarni topshirdi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia