Kunde uch marta kech qolib, zaxirada qolib ketgani uchun "Barselona" xodimlaridan yordam so'radi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2025
Jyul Kunde mashg'uotlarga kechikmaslik uchun yordam so'radi.

"Barselona" himoyachisi avvalroq taktik yig'ilishlarga kechikib kelgani tufayli asosiy tarkibdan chetlatilgan edi. Bunday holat uch marta – "Alaves", "Espanol" va "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinlarda sodir bo'lgan.  

"Barsa" bosh murabbiyi Xansi Flik tartibga rioya qilish masalasida qatiy poziciyada. U bir daqiqa kechikib kelgan har qanday o'yinchini tarkibdan chiqarib qo'yishga tayyor.  

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, yana kechikishlarning oldini olish uchun Kunde jamoani safarlar va yig'inlarda hamrohlik qiladigan xavfsizlik xizmati xodimlaridan Flikning taktik yig'ilishi boshlanishidan 15 daqiqa oldin unga eslatib turishlarini so'ragan. Jyul mavsumning muhim o'yinlari oldidan tavakkal qilgisi yo'q.  

Aytilishicha, fransiyalik bu muammoni o'zi hal qilishga uringan, ammo oxir oqibat uni mehmonxonadan chiqish payti kelganini aytib turishlarini maqul ko'rgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo