Kuman "Barselona" uchun chegirma qildi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2021, 19:26
"Barselona" klubning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kumanni qoniqarsiz natijalari tufayli iste'foga chiqargandi.

"Ko'k-anorranglilar" qoniqarsiz natijalar qayd etdi, natijada "Rayo Valekano bilan o'yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Kumanga chiqish eshiklari ko'rsatildi hamda uning o'rniga Xavi tayinlandi.

Manbaning xabariga ko'ra, Kuman shartnomada tovon puli sifatida ko'rsatilgan barcha 12 million evroni so'nggi tiyinigacha olishni niyat qilgandi, biroq yakunda u yon berishga rozi bo'lgan va o'z hisobiga 10 millionni oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca