

Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Parij-2024'dan oldingi yakuniy yig'ini uchun 22 kishilik ro'yxatni e'lon qildi. Ispaniyaning yig'ini 1 iyul kuni start oladi. 17 iyul kuni Olimpiya jamoasi Fransiyaning Bordo shahriga yetib boradi va 18 iyul kuni AQSH Olimpiya termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Shundan so'ng, Ispaniya jamoasi Parijga yo'l oladi. U yerda 24 iyul kuni Olimpiada birinchi turida O'zbekistonga qarshi o'yin o'tkazadi. Shuni e'tiborga olish lozimki, Ispaniya terma jamoasi e'lon qilgan ro'yxatdan 22 nafar futbolchi joy olgan. Olimpiya o'yinlarining yakuniy ro'yxatida 18 nafar futbolchi bo'ladi.
Ispaniya Olimpiya terma jamoasi:
Darvozabon: Arnau Tenas, Joan Garsiya, Iturbe
Himoyachilar: Mark Pubill, Juanlu Sanches, Erik Garsiya, Moskera, Pau Kubarsi, Jon Pacheko, Miranda, Migel Guterres
Yarim himoyachilar: Bernabe, Turrientes, Aleks Baena, Pablo Barrios, Aymar Oroz
Hujumchilar: Serxio Gomes, Fermin Lopes, Diego Lopes, Serxio Kamello, Samu, Abel Ruiz.




