Kroos Mauntga chempionlarga xos tarzda javob berdi: "Yaxshi uxlayapman. Birinchi CHL finalingda omad"

Alisher
7 may 2021
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Chelsi" xavbeki Meyson Mauntning CHL yarim finalidan so'ng aytgan gaplariga javob qaytardi.

"Hali ham yaxshi uxlayapman. Ammo, kecha yaxshi harakat qilding. Tabriklayman. Chempionlar Ligasidagi ilk finalingda omad", - deb yozdi Kroos twitter'da.

Eslatib o'tamiz, Toni Kroos Chempionlar Ligasining 4 karra g'olibi (umumiy miqdorda 5 bor finalda o'ynagan) hisoblanadi. Futbolchi shuningdek JCH g'olibi ham hisoblanadi.

→ Maunt CHL finaliga chiqqanidan so'ng Kroosning ustidan kuldi: "Endi "Real" jamoa bo'lib biz sabab uyqusini yo'qotishiga to'g'ri keladi"



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ToniKroos